Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Xudayberganova Dildora 2019-yil 26-noyabr kuni Xorazm viloyati Yangibozor tumanidagi 18-son umumiy o‘rta ta'lim maktabining 8-sinfida ”Ona tili” fanidan “So'z yasalishi” mavzusida mahorat darsini o‘tkazdi. Ushbu mahorat darsi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan ilgari surilgan Xalq ta’limi va Oliy ta’lim integratsiyasini amalga oshirish maqsadida tashkil qilindi. Unda maktab direktori Sh.Qalandarov, o'quv-tarbiya ishlari boyicha direktor o'rinbosari T.Erkayev va ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Y.Yusupovalar ishtirok etishdi.
Mazkur o‘tkazilgan mahorat darsi maktab o‘quvchilari hamda o‘qituvchilarida yaxshi taassurot qoldirdi. Shu kabi mahorat darslarini muntazam ravishda tashkil qilib borish soha rivojida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, maktablar va oliy ta’lim hamkorligi amalda o‘z isbotini topayotganligining yaqqol namunasidir.