Ayni paytda Urganch davlat universitetida «O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishning muammolari va innovatsion yechimlari» mavzusida Respublika ilmiy-texnikaviy anjumani boʻlib oʻtmoqda.
Anjuman Kimyoviy texnologiyalar fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilib, unda sohaning Respublika oliygohlaridan olimlari qatnashmoqda. Shuningdek, xorijlik mutaxassislar onlayn ishtirok etmoqda.
Ochilish marosimida UrDU Oʻquv ishlari boyicha prorektori S.Xodjaniyozov, Buxoro muxandislik texnologiyalar instituti t.f.d., prof. X.Raxmonov, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti t.f.d.,prof. J.Axmedov, Qoraqalpoq davlat universiteti Sanoat texnologiyasi kafedrasi dotsenti G.Allaniyazov, Namangan to‘qimachilik sanoati instituti dotsenti M.Rizametovalar tabrik soʻzlari bilan chiqish qildilar.
Konferensiyaga UrDU professori M.Jumaniyozov moderatorlik qilmoqda.



