Xorijiy filologiya fakultetida “Tillar kuni”ga bag’ishlangan ko’rgazmalar namoyishi davom etmoqda. Bugun fakultetda “Nemis tili kuni” mavzusida o’zgacha ko’rgazma tashkil etildi. Ushbu qiziqarli metodikadan maqsad fakultet talabalariga nemis tilini, uning madaniyati, milliy bayramlari, urf-odatlari-yu adabiyot namoyondalari bilan uyg’unlashtirgan holda chuqur etkazib bera olishdir.
Erta tongdan tashkil etilgan ushbu rang-barang va diqqatni jalb qiluvchi ko’rgazmada fakultet talabalari va o’qituvchilari birdek ishtirok etib, barchaga shirin pankeyk va estalik sovg’alari ulashishdi.
Bunday turdagi qiziqarli va o’ziga xos metodika va ko’rgazmalar fakultetda chet tili o’qitishning yanada rivojlanishiga va talabalar bilimini oshirishga yordam beradi.