Urganch davlat universitetining har tomonlama ist’edodli, iqtidorli va har jabhada faol talaba-qizlari uchun universitet tomonidan olima Munavvara Salayeva nomidagi stipendiya ta’sis etilgan.
Bugun, 2-dekabr kuni mazkur stipendiyaga nomzodlarning 2-bosqich saralash jarayonlari oʻtkazildi. Unda Urganch davlat universiteti va universitet qoshidagi Akademik litseydan jami 8 nafar talabgor ishtirok etdi.
Suhbat jarayonida UrDU birinchi prorektori D.Ibadullayev,Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor A.Atajonov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i H.Shihova, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi SH.Nurullayeva, “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri S.Matkarimova, Bosh yuristkonsult SH.Atayev hamda litsey vakillaridan tashkil topgan komissiya aʼzolari talabgorlarning ijtimoiy faolliklari, siyosiy bilimga ega ekanligi, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda faolligi, tashabbuskorlik va ilmiy-ijodiy faoliyati, yuksak maʻnaviy fazilatlari, til bilish koʻnikmalari hamda hujjatlariga eʼtibor qaratishdi.
Komissiya aʼzolarining xulosasiga koʻra, test va ijtimoiy faollik shartida eng yuqori ball toʻplagan Urganch davlat universiteti Pedagogika fakulteti talabasi Nodira Shukurullayeva hamda universitet qoshidagi Akademik litsey oʻquvchisi Zarnigor Jumanazarovalar olima Munavvara Salayeva nomidagi stipendiyaga tavsiya etildi.