Bugun, 5-dekabr kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” bo’limi boshlig’i H. Shihova va UrDU bosh yuristkonsulti Sh.Atayev ishtirokida “9-dekabr- Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda korrupsiya- taraqqiyot kushandasi ekanligi, uning har qanday ko’rinishlariga qarshi kurashishni inson o’zidan boshlashi darkorligi, buning uchub esa shaxsning huquqiy madaniyati yetarli darajada shakllangan bo’lishi kerakligi borasida fikr yuritildi. Universitetda ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy antikorrupsion tizimlar joriy etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yuristkonsult Sh.Atayev “8-dekabr -O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiya kuni” munosabati bilan so’zga chiqib, Konstitutsiyamizning 31-yilligi bilan barchani muborakbod etdi va qomusimiz mazmun-mohiyati yuzasidan maʻruza qildi.
Tadbir davomida talabalarning fikr-mulohazalari tinglandi, savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.