“Korrupsiya – halokatga yetaklovchi yo’l” mavzusida talabalar teatr studiyalari o’rtasida bellashuv

Bugun Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida “9-dekabr- Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Korrupsiya – halokatga yetaklovchi yo’l” mavzusida talabalar teatr studiyalari o’rtasida bellashuv tashkil etildi. Unda barcha fakultetlarning jamoalari korrupsion holatlarning salbiy oqibatlari haqidagi sahna ko'rinishlari bilan ishtirok etishdi.

Dastlab Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo’limi boshlig’i H. Shihova so'zga chiqib, bellashuv tartib-qoidalari haqida jamoalarga tushuntirish berdi. 

Bellashuv natijalariga ko'ra: 
1-o‘rin: O‘zbek filologiyasi fakulteti; 
2-o‘rin: Xorijiy filologiya fakulteti;
3-o‘rin: Kimyoviy texnologiyalar fakulteti.