Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev Texnika fakultetida boʻldi

Bugun Urganch davlat universitetida mehmon boʻlgan “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti rektori Bahodir Mirzayev Texnika fakultetida boʼlib, sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab fakultet professor-oʼqituvchilari va doktorantlarining sohalar boʻyicha ilmiy-innovatsion loyihalari, ishlanmalari taqdimot qilindi. Fakultetda suv xoʻjaligi boʻyicha yoʻnalish ochish yuzasidan fikrlar almashildi.

Shuningdek, fakultetning Avtomobillarni elektr va elektron tizimlari, Mashina detallari, Qishloq xoʼjaligi texnikasi, Qurilish materiallari va buyumlari, Metralogiya singari laboratoriyalari bilan tanishib, u yerda mashgʼulot olib borayotgan talabalar bilan suhbatda boʼldi. Fakultet Axborot - resurs markazining sharoitlari bilan tanishdi.