Bugun, 16- dekabr kuni UrDU xotin-qizlar Maslahat kengashi tomonidan talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar o′rtasida "Eng mohir pazanda" ko'rik-tanlovi o'tkazildi. Unda universitetning barcha fakultetlaridan talaba-qizlar ishtirok etishdi.
Qizlarimiz tomonidan tayyorlangan o′zbek milliy taomi oshni Xorazm viloyati Moxir oshpazlar uyushmasi rahbari Sh.Matnazarov quyidagi nominatsiyalar bo′yicha baholadi:
❖Texnika fakulteti – "Eng mazali taom";
❖O'zbek filologiyasi fakulteti -"Eng shirin taom";
❖Xorijiy filologiya fakulteti - "Eng chiroyli taom";
❖Sport va sanʼat fakulteti - "Eng tabiiy mahsulotlari ko'p taom";
❖Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti - " Eng vitaminli taom";
❖Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti - "Eng goʼzal taom";
❖Fizika-matematika fakulteti – "Eng mahorat bilan tayyorlangan taom";
"Eng mahoratli pazanda" nominatsiyasi esa Fizika- matematika fakulteti talabasi qoraqalpogʻistonlik Kazna Izbosarova deb topildi.