Yaqinlashayotgan yangi 2024-yilga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Universitetimizda Yangi yil bayrami o’zgacha tarzda keng nishonlanmoqda. Har bir fakultet oʼziga xos, rang-barang koʼngilochar chiqishlar bilan Yangi yil kechalari oʼtkazdilar.
Xususan, bugun 23-dekabr kuni Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti 4-kurs Ekologiyaya va atrof-muhit muhofazasi yoʼnalishi talabalari tomonidan “Yangi yil sarguzashtlari” nomli yana bir bayram kechasi o’tkazildi.
Kechada talabalar bayramona she’rlar, tabriklar, real voqelikka asoslangan videolavhalar, muziqali chiqishlar va sahna koʼrinishlari namoyish etildi. Qiziqarli savollar va viktarinalar boʼldi.
So’zga chiqqanlar barchani kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy qutlab, yangi yil barchaga baxt, omad va quvonch olib kelishini tiladilar.