Urganch davlat universitetida professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini to‘liq joriy etish bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 24-noyabrdagi 507-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil 25-dekabrdan 2024-yil 7-yanvargacha Urganch davlat universitetida professor-o‘qituvchilar uchun o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini to‘liq joriy etish bo‘yicha o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda. 

Xususan, bugun 26-dekabr kuni Akademik faoliyat va registrator departament rahbari G’.Matlatipov va Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi K.Bobojonov tomonidan Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakulteti professor-o‘qituvchilar uchun o’quv seminar tashkil etildi. 

Unda 2023/2024 o‘quv yili kuzgi semestri yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan yakuniy nazorat ishlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlarni yetkazish hamda tayyorgarlik ko‘rish, yakuniy nazorat ishlarini talab darajasida tashkil etish va shaffofligini ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.