1-YANVAR - YANGI YIL BAYRAMI

Bugun, 26-dekabr sanasida Urganch davlat universitetida shaxmat, shashka va stol tennis bo'yicha “Universitet birinchiligi” sport musobaqalari o'tkazildi. 

Musobaqalar “1-yanvar - Yangi yil” bayramiga bagʻishlandi. Unda universitetda mehnat faoliyatini olib borayotgan professor-o'qituvchilar va ishchi-xizmatchi xodimlar ishtirok etdi.
 
Musobaqalar yakunida g'oliblar aniqlanib, universitet Kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan sovgʻalar topshirildi.