“Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu targ‘ibot tadbirlaridan maqsad – Yangi О‘zbekistonni bunyod etish yо‘lida amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga go'zal tarzda yetkazishdan iborat.
Davlatimiz rahbari raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni о‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar asosida tashkil etilgan ushbu tadbirda Urganch davlat universitetining pedagog va tyutorlari faol ishtirok etishdi.
Xususan, joriy yilning 3-yanvar kuni Tuproqqal'a tumanining "Saidlar", "Sayapir" va "Saxovat" mahallalari aholisi bilan mazmunli davra suhbati tashkil etildi va madaniy dastur namoyish qilindi. Shuningdek, Bog'ot tumanida targ'ibot tadbirlari tashkil etildi. Tadbirda 4-son Musiqa va san’at maktabi tomonidan tayyorlagan bayram dasturi, UrDU Pegagogika fakulteti o‘qituvchilari S.Hasanova va Y.Jumaniyazovlarning chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.