Anjumanning yakunlovchi maʼruzalarini AQSHning Alabama universiteti professori V.Melnykov olib bormoqda.
Ta’kidlash kerak, ushbu nufuzli anjumanda matematika sohasining dunyoda yetakchi 30 nafarga yaqin olimi, ilmiy tadqiqotchilari hamda xorijlik va yurtimizning turli OTM laridan talabalar ishtirok etmoqda.
Ushbu konferensiya ulug‘ alloma Al-Xorazmiyning ilmiy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilish, matematika va uning turli yo‘nalishlarida erishilgan yutuqlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish, iqtidorli yoshlarni kashf etish, turli mamlakatlar olimlari o‘rtasida yaqin ilmiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda muhim ahamiyat kasb etganiga aminmiz.