Bugun, 20-yanvar kuni Urganch davlat universitetida 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2024-yilda belgilangan rejalar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda viloyatimizdagi OAV vakillari, blogerlar hamda jurnalistikaga qiziqishi baland faol talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollari bilan ishtirok etdi.
Anjumanda UrDU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Ibragimov, Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor A.Atajonov, Akademik faoliyat va registrator departament rahbari G’.Matlatipovlar tomonidan barcha yo‘nalishlar kesimida olib borilgan ishlar, yutuq va natijalar hamda kelgusidagi rejalar haqida maʻlumotlar taqdim etilib, ishtirokchilarning savollariga atroflicha javob berildi.
Matbuot anjumani Xorazm MTRK tomonidan tasvirga olindi.