Bugun, 31-yanvar kuni Urganch davlat universitetida boʻlib oʻtgan ushbu ochiq muloqot Axborot xizmati bo‘limi va Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi hamkorligida tashkil etildi.
Unda Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakulteti Biotexnologiya yoʻnalishining bitiruvchi talabalari, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy kanallarini yuritib kelayotgan yosh blogerlar, Axborot xizmati boʻlimi xodimlari ishtirok etishdi.
Uchrashuvda Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Q.Yoʻldoshev tomonidan bitiruvchilar qanday kasbiy malakaga ega boʻlishi, xususan, bakalavriatni tamomlagan bitiruvchi oʻzining egallashi mumkin boʻlgan lavozimlarida samarali mehnat faoliyatini olib borishi, dunyoqarashi bilan bog‘liq tizimli bilimlarga ega bo‘lishi, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar asoslarini, joriy davlat siyosatining dolzarb masalalarini bilishi, ijtimoiy muammolar va jarayonlarni mustaqil tahlil qila olishi borasida maʻlumotlar berdi. Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimida olib borilayotgan ishlar xususida taqdimot qildi.
Ochiq muloqotda ishtirokchilar yo'nalishlar kesimida bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalari va ishga joylashishda qo'yiladigan malaka talablari haqidagi bilimlarga ham ega bo'ldilar.
Muloqot davomida qatnashuvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.