Koreys tili fan olimpiadasi universitet bosqichi o'tkazilmoqda

Yoshlar orasida koreys tilini oʻrganishga qiziqishning ortishi bois universitetimizda “Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili” bakalavr yo’nalishi tashkil etilgan bo’lib, joriy oʻquv yilida Koreys tiliga qiziquvchi talabalar uchun “Koreys tili va Koreyani bilish” fan OLIMPIADAsi oʻtkazilgan edi. Unda Xorijiy til ta’lim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi G.Fayzullayeva 1-oʻrin, Filologiya va tillarni oʻqitish ta’lim yoʻnalishi 1-bosqich talabasi M.Otaboyeva 2-oʻrin egallagan edi.

Tanlovda g’olib deb topilgan talabalarga hamkor Soon Chun Hyang universiteti “Talabalar almashinuv dasturi”ga yoʻllanma berildi.

Kuni kecha, UrDU rektori B.Abdullayev ushbu talabalar bilan uchrashib, Soon Chun Hyang universitetida oʻqishlari jarayonida muvaffaqiyat tilab, oʻzining tavsiyalarini berdi.