Bugun, 2-fevral kuni oliy ta'lim muassasalari o'rtasida "Talabalar ligasi" 2-bosqich sport musobaqalarining Xorazm viloyati hududiy bosqichi start oldi.

Urganch davlat universiteti sport majmuasida o'g'il bolalar o'rtasida basketbol bo'yicha  bo'lib o'tgan musobaqada UrDU, TTA UF, TATU UF, UrDPI   jamoalari o'zaro bellashdilar. 

Natijalar quyidagicha bo'ldi:

1-o'rin UrDU jamoasi;
2-o'rin TATU UF jamoasi; 
3-o'rin UrDPI jamoasi.

Ertaga, 3-fevral kuni ayollar o'rtasida musobaqalar davom etadi.