TABIIY VA QISHLOQ XO’JALIGI FANLARI FAKULTETIDA

Universitetimizda an’anaga aylangan "Uch avlod uchrashuvi" bugun, 6-fevral kuni Tabiiy va qishloq xo’jaligi fanlari fakultetida tashkil etildi. Unda universitetimizda uzoq yillardan beri faoliyat olib borayotgan faxriy o’qituvchilar O.Matyoqubov, M.Boltaboyeva, I.Otajonov hamda fakultetning talaba va tyutorlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida faxriylar o’zlarining mehnat faoliyati davomida to’plagan boy tajribasi va erishgan yutuqlari haqida gapirib, talaba-yoshlarga o’zlarining hayotiy pand-nasihatlarini ulashdilar.

Uchrashuv yakunida minnatdorchilik sifatida universitet tomonidan faxriylarga esdalik sovg’alari topshirildi.