Bugun, 4-mart kuni Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti 1-kurs talaba-qizlari ishtirokida boʻlib oʻtgan ushbu koʻrik-tanlovda fakultetning 6 nafar iqtidorli talabalari 4 shart asosida oʻzaro bellashib, hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholandi.
1-shart: Tanishtiruv
2-shart: Erkin mavzu
3-shart: Salat tayyorlash
4-shart: Milliy liboslar koʻrgazmasi
Tanlov yakunida1-kurs Iqtisodiyot (rus) yoʻnalishi talabasi Mohiniso Saparbayeva “Bahor malikasi” bellashuvining mutloq gʻolibasi deya eʼlon qilinib, gʻolib va nominatsiyalar egalariga faxriy yorliq hamda kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.