Bugun, 6-mart kuni Urganch davlat universiteti Kengashining 7-majlisi oʻtkazildi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Kengash yigʻilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi yakunlari haqida axborot tinglanib, Urganch davlat universitetining 2023-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, universitetda tyutorlar faoliyatining tashkil etilganligi va samaradorligi, kafedralarda bajarilayotgan bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalari mavzularining mintaqa muammolari bilan bog‘liqligi hamda Texnika fakultetida talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida mas’ullar tomonidan hisobot berildi.
Yakunda saylovlar oʻtkazilib, turli xil masalalar muhokama etildi.