O`zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi, O`zbek tilshunosligi kafedrasi va O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi professor-o`qituvchilari tomonidan 7-mart sanasida 8-Mart Xalqaro xitin-qizlar kuni munosabati bilan fakultetimizdagi barcha pedogog hodimalar va ishchi hodimalar uchun bayram tadbiri tashkil qilindi.O`zbek filologiyasi fakulteti erkaklar jamoasi tashrif buyurgan hodimalarimizni bayram bilan tabriklab bahorni tarannum etuvchi kuy-qo`shiqlar bilan kutib olidilar. Tadbir davomida tashrif buyurgan ayol-qizlarni to`kin dasturxon atrofida bayram kunini mazmunli va esdaqolarli o`zkazishlari uchun qiziqarli o`yin, pontamima va porodiyalar saxnlashtirildi.Latofatli pedogog hodimalarimiz tashkil etilgan qiziqarli shartlarda faollik ko`rsatib o`z mahoratlarini ko`rsatdilar. Xususan, tadbirda “Yalla” ansambili salisti Farruh Zokirov porodiyasi barchaga xush kayfiyat ulashdi,bundan tashqari , birqancha chet el honandalarning porodiyalari sahnalashtirilib davraga fayz kiritdi. Tadbir davomida G`ofur G`ulomning “Shum bola” qissasi bugungi zamonaviy davr talqinida sahnalashtirildi. Boy ota va uning mulozimi mehmonlarga barcha latofatli hodimalarimizga bayram sovg`alarini taqdim qildilar.
Bayram kechasi yakunida fakultetning bir nechta pedogog -hodimalari ,junladan, Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Z.Ruzmetova , dotsent S.Djumaniyazova , dotsent G.Artikova, O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudirasi S.Matkarimovalar o`zlarinig samimiy minnatdorchiligni bildirdilar.