Universitet rahbariyati talabalar turar joyida…

Urganch davlat universiteti talabalar turar joylarida yashovchi talabalar bilan muntazam ravishda uchrashuvlar o′tkazish, ularni muammolarini o′rganish va bo′sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida universitet rahbariyati tomonidan reja-grafik asosida yotoqxonalarga tashriflar tashkil etilgan.

Bugun, 18-mart kuni O′quv ishlari bo′yicha prorektor S.Xodjaniyozov tegishli mas′ullar hamrohligida 5-sonli talabalar turar joyida bo′lib, ularni yashash sharoitlarini o′rgandi. Xonalar kesimida talabalar bilan muloqot qilib, muammolari haqida so'radi. Mashg'ulotlar xonalarini ko'zdan kechirib, dars qilayotgan talabalarni suhbatga tortdi.

Shuningdek, bir guruh talabalar bilan uchrashuv o'tkazib, universitetda ularga yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan muloqot qildi. Bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish va yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlari bo'yicha tavsiyalar berdi.