25-mart kuni butun Oʻzbekistonda boʻladigan “Yer soati” tadbiri doirasida barcha davlat tashkilotlarida bir soatga (14:00 – 15:00) elektr energiyasi tarmoqdan uziladi.
Urganch davlat universiteti rahbar va xodimlari, taʻlim oluvchilarga 1 soat davomida ixtiyoriy ravishda tashqarida sayr qilishlari tavsiya etiladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi Oʻzbekiston fuqarolarini aksiyaga qoʻshilishga va elektr energiyasini tejash uchun bir soatga oʻchirishga chaqirmoqda.