UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti Kengashining 2023-yildagi so'nggi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yil sarhisobi bo'yicha fakultet faoliyatida erishilgan yutuqlar qayd qilindi.
Kengash yakunida 2023-yil davomida fakultetning o'quv, ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy yo'nalishlarini yuksaltirish yo'lidagi xizmatlari uchun O'zbek tilshunosligi kafedrasining bir guruh professor-o'qituvchilari e'tirof qilinib, tashakkurnoma, faxriy yorliq va esdalik sovg'alar topshirildi.