UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchilari Adolat Allaberganova va Hayotxon Sotimovalar Xorazm teleradiokompaniyasining "Til – millat ko'zgusi" nomli radioeshittirishida o'zlarining o'zbek tiliga doir qarashlari bilan chiqish qildilar.
Radioeshittirish davomida tilning jamiyat hayotida tutgan o'rni, tilning taraqqiyot bosqichlari, til va yozuv masalalari, zamonaviy tilshunoslik yo'nalishlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.