Joriy yilning 3-may kuni O'zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti G.Artikova tomonidan Lingvistika:rus tili (magistratura) ta'lim yo'nalishi 231-guruh talabalariga "Rus tili tarixining dolzarb muammolari" fanidan ochiq ma'ruza mashg'ulot o'tkazildi.Ma'ruza " Литературный язык эпохи формирования русской нации" mavzusida bo'lib o'tdi. Mashg'ulot davomida rus millati va tilining kelib chiqish tarixi haqida muhokama qilindi va mavzu yuzasidan ma'lumotlar berildi. Dars mavzusi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llash orqali mustahkamlandi.
Darsda kuzatuvchi sifatida Magistratura bo'limi mudiri Y.Taxirov, Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchilari I.Shermetov, A.Popova, N.Rajabova, N.Djumaniyazova ishtirok qilishdi.