Jasorat – millat g‘ururi va iftixori

Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev hamda universitet ma‘muriyati  9-may – “Xotira va qadrlash kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan bir guruh mehnat faxriylari hamda universitetda faoliyat olib borayotgan faxriy ustozlar bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda Ikkinchi jahon urushida jon fido qilgan jasur va matonatli yurtdoshlarimiz, ularning qahramonliklari haqida so‘z yuritildi. Xalqimizga xos bo‘lgan keksa va nuroniylarni, ustozlarni e’zozlash ezgu qadriyat ekanligi, ularning hayotiy tajribalari yosh uchun hamisha oʻrnak  ekanligi qayd etildi. 

Uchrashuv yakunida universitet hamda Kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan faxriylarga esdalik sovg'alari taqdim etildi.