«Men umrimni shu xalqqa tikkanman»...

«Xalq so‘zi» gazetasining 2024-yil 22-maydagi 99-sonida siyosatshunos, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi prezidenti Qudratilla Rafiqovning «Men umrimni shu xalqqa tikkanman» sarlavhali maqolasi eʼlon qildi.

Maqolada Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishni maqsad qilgan Yangi O‘zbekistonni barpo etish yoʻlidagi barcha sohalarni qamrab olgan islohotlarga alohida toʻxtalib, tahlil qilingan.

Bugun Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, talabalari hamda hamkorimiz Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy akademik litsey rahbariyati va oʻquvchilari ishtirokida anjuman tashkil etildi. Anjumanda UrDU rektori B.Abdullayev tomonidan maqolada ilgari surilgan chuqur mulohazalar yuzasidan targ‘ibot olib borildi.