Mamlakatimizda fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi munosabatlarda yuzaga keladigan qonunbuzarlik holatlarini qonuniy tartibda hal qilish uchun ma’muriy sudlar tashkil etilganligini, ma’muriy sudlar o‘z faoliyatini 2018-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga asosan amalga oshirishlarini, bugungi kunda ommaviy-huquqiy munosabatlar yuzasidan tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasida kelib chiqayotgan nizolarni o‘z vaqtida, asosli, qonuniy va albatta, adolatli hal qilish davr talabiga aylanib borayotganligini, chunki mamlakatimizda davlat, jamiyat va fuqarolar manfaatlarini ko‘zlab bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib, mavjudlariga zamon talablaridan kelib chiqib, o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilayotganligini, bu esa yangi ijtimoiy munosabatlarni vujudga keltirayotganligini, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni qonuniy va adolatli hal qilish borasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining tashabbusi bilan ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilib, bu bo‘yicha qonun normalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilayotganligini, jumladan, 2021-yil 12-yanvar kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Sud qarorlarini qayta qurish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-662-sonli Qonuni bilan ko‘plab o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligini, xususan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga investitsiyaviy nizolar bo‘yicha ishlar va raqobat to‘g‘risidagi ishlar bilan bog‘liq moddalar kiritilganligini, shu bilan birga tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellatsiya shikoyati berishga haqli ekanligi belgilab qo‘yilganligini,
mazkur o‘zgartirishlar bilan O‘zbekiston Respublikasining MSIYutKga amalda mavjud bo‘lmagan ko‘plab yangi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilganligini, bu ushbu normalarni amaliyotga tadbiq etish borasida muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini, shu sababli 2021-yil 15-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sud qarorlarini qayta ko‘rish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 1-sonli Qarori qabul qilinganligini, islohotlar 2022-yilda ham davom ettiriliganligini, xususan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022-yil 29-yanvar kungi qarori qabul qilinib, ma’muriy sudlarga keng vakolatlar berilganligini, xususan Qaror bilan zararni undirish masalasi ham ma’muriy sudlarga o‘tkazilganligini, belgilangan tartibda ijro qilish uchun yuborilgan sudning hal qiluv qarorlari davlat organlari tomonidan bajarilmagan taqdirda ularga nisbatan sud jarimalarini qo‘llash tartibini joriy etish, ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar bo‘yicha taraflarga kelishuv bitimini tuzish imkonini berish va shu kabi boshqa holatlar belgilangan.
Urganch tumanlararo ma’muriy sudining
sudyasi I.O‘.Shomurotov