Bugun Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti 7-son talabalar turar joy binosida talabalarning bo'sh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish hamda "Besh tashabbus" doirasida turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Jumladan, fakultet talaba-yoshlari o'rtasida Urganch tumani "Bo‘ston" va "Yoshlik " mahallalari bilan hamkorlikda sportning shaxmat-shashka va stol tennis turlari bo‘yicha musobaqalar, shuningdek, "Zakovat" intellektual o'yinlari hamda talaba-qizlar o'rtasida "Mushoira" bellashuvi bo'lib o'tdi.
Bellashuvlar yakunida g'oliblar va musobaqalarda faol ishtirok etgan talabalar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

