Bugun, 15-oktabr kuni Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida Xorijiy filologiya fakulteti 1-kurs talabalari bilan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshligʻi X.Shihova ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
✅Uchrashuvda talabalarga mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan sharoitlar haqida alohida toʻxtalib, ilmda, akademik faoliyatda halol, adolatli boʻlish, korrupsiyaviy holatlarni, xavf-xatarlarni oldini olishda amalga oshirilayotgan ishlarda faol boʻlish, bu illatga qarshi murosasizlik bilan kurashish hamda birgalikda yengish kerakligi tushuntirildi.
✅Shuningdek, huquqiy madaniyat va huquqiy ongni rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash koʻnikmasini oshirish borasida kerakli tushunchalar berildi. Oliy ta'lim dargohiga qabul qilingan 1-bosqich talabalariga akademik halollikni saqlash, koʻchirmachilikka yoʻl qoʻymaslik, universitetda bilim olishga keng imkoniyatlar mujassamligi haqida soʻz yuritildi.