1-noyabr kuni Xorazm viloyat va tuman arxiv xodimlari bilan hamkorlikda UrDU tuzilmasidagi "Qatagʻon qurbonlari xotirasi" muzeyida uch avlod uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida muzey direktori Y.Rahmonova Vatan ozodligi yoʻlida jon fido etgan millat fidoiylarining tarixi haqida koʻplab ma'lumotlar berib oʻtdi.