UrDU talabalari voleybol bo'yicha “Universiada” musobaqasining Xorazm viloyat bosqichida mutloq g'olib bo'lishdi

9-yanvar kuni Urganch shahrida joylashgan "Yoshlik" sport majmuasida "Universiada"ning  voleybol sport turi bo'yicha yigitlar va qizlar o'rtasida  hududiy bosqichi  o'tkazildi. Musobaqada Urganch davlat universitetining har ikkala  jamoasi raqiblariga imkoniyat qoldirmagan holda yaqqol ustunlik bilan g'alaba qozonib, Respublika  bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

Musobaqa natijalariga ko'ra:
O‘g‘il bolalar:

1-o‘rin - UrDU
2-o‘rin - TTA UF
3-o‘rin - TATU

Qiz bolalar:

1-o‘rin - UrDU
3-o‘rin - TTA UF
3-o‘rin - UrDPI

Ushbu  g‘alaba bilan universitetimiz jamoasini, sportchi talabalarimiz va ularning murabbiylarini chin dildan qutlaymiz.