“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 10-iyul kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Kimyoviy texnologiyalar fakultetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport musobaqalari tashkil etildi.

Musobaqalarda universitet talabalari bilan bir qatorda Urganch shahrining 37 ta mahallalaridan bir guruh faol yoshlar ham ishtirok etib, sportning shaxmat, shashka, stol tennisi va voleybol kabi turlari bo‘yicha bellashdilar. Musobaqalar do‘stona raqobat, o‘zaro hurmat va jamoaviylik ruhida o‘tdi.

Tashkil etilgan sport bahslarida quyidagi natijalar qayd etildi:

1-o‘rin – Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti jamoasi;
2-o‘rin – Fizika-matematika fakulteti jamoasi;
3-o‘rin – “Feruz” va “Hamjihatlik” mahallalari yoshlari jamoasi.

Musobaqaning eng faol va tashabbuskor ishtirokchilari UrDU Birinchi prorektori D.Ibadullayev, rektor maslahatchisi A.Shakarov hamda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i Sh.Allaberganovlar tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, yoshlarning g‘ayrat va sportga bo‘lgan ishtiyoqi alohida e’tirof etildi. 

“Dolzarb 90 kun” loyihasi davom etmoqda — siz ham faol ishtirok eting va sog‘lom turmush sari bir qadam tashlang!