Shu kunlarda oliy taʼlim muassasalari rektorlari akademik faolliklarini oshirish, shu bilan birga yoshlarga motivatsiya berish maqsadida talabalarga dars o‘tishmoqda.
Bugun Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev Fizika-matematika fakulteti Matematika bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalariga “Kompleks o‘zgaruvchili funksiyalar nazariyasi” fanidan "Chegirmalar nazariyasining tadbiqlari. Jordan lemmasi" mavzusida ma’ruza mashg‘uloti olib bordi.
Ushbu ma’ruzada chegirmalar nazariyasini bir qancha tatbiqlarini keltirib o‘tildi. Dars jarayonida talabalar chegarasi cheksiz bo‘lgan xosmas integrallarni chegirmalar yordamida oson hisoblash usullari va metodlari haqida tanishib oldilar.