Kaliforniya davlat universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

Joriy  yilning 4-avgust sanasida  Kaliforniya davlat universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

urdu.uz,Kaliforniya davlat universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdiTashrif avvalida delegatsiya a`zolari:  Kaliforniya davlat universiteti prezidenti maslahatchisi, professor Morteza Rahmatian,    professor  Marcia Kathryn Lucas hamda professor  Zoir Ibragimovlar  Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev qabulida bo`lib,   o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashning ahamiyati, ikki universitet o‘rtasida ta’lim va fan sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash xususida muzokaralar olib bordilar. 

urdu.uz,Kaliforniya davlat universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdiShundan so`ng, delegatsiya a`zolari UrDU Madaniyat saroyida universitet professor-o`qituvchilari bilan uchrashuv o`tkazib, unda professor Morteza Rahmatian Kaliforniya davlat universitetining bugungi kundagi faoliyati, ichki strukturasi, ta`lim jarayonlari, talabalar uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar yuzasidan taqdimot qildi. urdu.uz,Kaliforniya davlat universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdiKunning ikkinchi yarmida Turizm va iqtisodiyot fakulteti professor o`qituvchilari bilan davra suhbati tashkil qilindi. Uchrashuv savol-javob, o`zaro tajriba almashish shaklida bo`lib, unda zamonaviy o‘qitish uslublari va tizimlaridan foydalanish, ta’lim sohasida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, tajriba almashish, o‘qituvchilar, xodimlar, doktorantlar va magistrantlar uchun qisqa muddatli ilmiy va o‘quv amaliyotlari hamda malaka oshirishni tashkil etish, ilmiy anjumanlar va ilmiy seminarlar haqida o`zaro ma’lumot almashdilar.

urdu.uz,Kaliforniya davlat universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdiViloyat OTMlarida ta’limning kredit-modul tizimini, onlayn va masofaviy ta’limni, moliyaviy va boshqaruv erkinligini joriy qilishda, akademik  erkinlikni joriy qilishda, bitkazuvchilarni ish bilan ta’minlashda, xayriya (Endaument) fondlarini tashkil qilish hamda bitkazuvchilar (Alumni) bilan ishlashni yo‘lga qo‘yishda AQSH tajribasini o`rganishda ushbu uchrashuv  samarali ahamiyatga ega bo`ldi.

urdu.uz,Kaliforniya davlat universiteti delegatsiyasi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi

Kaliforniya davlat universiteti delegatsiyasining Xorazm viloyati bo`ylab tashrifi davom etadi.