2021-yilning 18-dekabr kuni Belarus Respublikasining Grodno davlat universiteti rektori Kiturko Irina Fyodorovna va O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor Belix Yuriem Eduardovichlar Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdilar. Mehmonlarni universitet rahbariyati mamnuniyat bilan kutib oldi.
Mehmonlar tashrif avvalida, UrDU rektori Baxrom Abdullayev qabulida boʻlib, mazkur tashrif yuzasidan muzokaralar olib bordilar.
Shundan soʻng mehmonlar rektor B.Abdullayev va prorektorlar hamrohligida universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tabiiy fanlar va Fizika-matematika fakultetlarida boʻlib, oʻquv laboratoriya xonalari bilan tanishdilar, dars mashgʻulotlariga kirib, jarayonlarni kuzatdilar. Xorijiy filologiya fakultetining zamonaviy oʻquv auditoriyalarini va sharoitlarini oʻrgandilar. Tanishuv jarayonlarida talabalar bilan suhbatda boʻldilar.
Tashrif davomida Urganch davlat universitetining prorektorlari va barcha fakultet dekanlari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. Unda ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi doirasidagi o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Universitet dekanlari oʻzaro hamkorlikni kengaytirish borasida oʻz takliflarini berdilar.
Uchrashuvda Grodno davlat universiteti rektori Kiturko Irina Fyodorovna oʻz universiteti va uning imkoniyatlari, bugungi kundagi faoliyati bilan taqdimot orqali tanishtirdi.