2022-yil 1-fevral kuni Pedagogika fakulteti talabalari ishtirokida “Yoshlar kelajak bunyodkori” mavzusida onlayn tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari X. Siddiqov hamda fakultet tyutori N.Ramazanova soʻzga chiqib, mamlakatimizning kelajagi boʻlmish yoshlarimizni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasiga bugungi karantin kunlarida ham oʻziga xos tarzda, zamonaviy usullar asosida yondashilayotgani haqida mavzuga oid taqdimot bilan maʼruza qildilar.
Shuningdek, dekan oʻrinbosari X. Siddiqov mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida soʻz yuritdi. U oʻz nutqida yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish, taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarning samaradorligini yanada oshirish maqsadida, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etilganligi haqida talabalarga tushuntirishlar berdi.

.jpg)
.jpg)