Bugun buyuk bobokalonimiz, ulugʻ mutafakkir, jamoat arbobi, nazm mulkining sultoni Mir Alisher Navoiyning 581 yilligi munosabati bilan Tabiiy fanlar fakulteti oʻqituvchilari va tyutorlari boshchiligida bir guruh talabalar Xonqa tumani Navxoz qishlogʻidagi “Alisher Navoiy bogʻi”da boʻldilar. Navoiy haykali poyida shoirning gʻazallari, she’rlar, goʻzal kuylar va qoʻshiqlar talabalar tomonidan armugʻon etilib, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyish marosimi oʻtkazildi.

