2022-yil 11-fevral kuni Pedagogika fakulteti professor-o'qituvchilari, tyutorlari va talabalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Yangiariq tumani Ma'naviyat bo'limi bilan hamkorlikda "Arboblar" mahallasi yoshlari, 13-son maktab o'quvchilari ishtirokida shoh va shoir, buyuk davlat arbobi, Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etdilar.
Tadbirda “Boshlang’ich ta’lim metodikasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari dotsent A.Atajonova va G.Jumaniyozovalar shoir ijodining jahon tamaddunidagi o’rni haqida ma’ruza o’qidilar. Fakultet tyutor va talabalari tomonidan g’azal va ruboiylar aytildi. Shuningdek, shoirga atab yozgan she’rlaridan namunalar o’qildi. Tadbirda maktab o'quvchilari ham o’z chiqishlari bilan faol qatnashdilar. Tadbir so’nggida o’quvchilar Z.M.Bobur hayoti va ijodiga oid viktorina savollariga javob berib, faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.


