2022-yilning 14-fevral sanasida “She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Filologiya fakultetining bir-biridan ilg‘or, iste’dodli va adabiyotning chin muxlislari she’riyat maydonida bahsga kirishdilar.
✔️Tadbirni "O‘zbek tili va adabiyoti" kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova ochib berdi.
✔️Tadbir davomida talabalar tomonidan ijro etilgan o'rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she'riyatida o'ziga xos o'rin egallagan shoir Z.M.Bobur ijodiga mansub she‘rlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar qalbidan chuqur joy egalladi. Tadbirning har bir ishtirokchisi buyuk ajdodimiz Z.M.Bobur ijodini chuqur his qilib, ushbu chiqishlar ularni she’riyat madhi yo‘lida yanada birlashishlariga xizmat qildi.
✔️Ko‘rik-tanlovda Filologiya fakultetining 10 nafar ishtirokchilari barcha shartlarda faol qatnashib, hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o'rin: 215-guruh talabasi Ozodova Gulzora
2-o'rin: 202-guruh talabasi Bekchanova Sharifa
3-o'rin: 202-guruh talabasi Soburyazova Farangiz
Mazkur tadbir 203-o'zbek tili guruhi talabalari tomonidan tashkillashtirildi.
✔️Tadbir so‘nggida tanlov g‘oliblari hamda kechaning faol talabalariga “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova tomonidan Faxriy yorliqlar topshirildi.
Adabiy-badiiy kecha juda ko‘tarinki ruhda, jo‘shqin kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.



