2022-yilning 16-fevral kuni universitetda “Besh tashabbus – besh imkoniyat” mavzusida media-tur oʻtkazildi.
Media-turda Tarix, Pedagogika, Sanʼatshunoslik va Xorijiy filologiya fakultetlarining talabalaridan iborat bir guruh yoshlar Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbusi doirasida tashkil etilgan toʻgaraklar faoliyatini koʻrib, tanishish maqsadida universitetning 5-sonli Talabalar turar joyiga sayohat qildilar.
Bugungi kunda Urganch davlat universitetida talaba-yoshlarini iqtidorlarini keng namoyon etish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, qolaversa, ularni musiqa va sanʼatga, adabiyotga qiziqishlarini oshirish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbusi hamda universitet talaba-yoshlarining qiziqlaridan kelib chiqqan holda 100 dan ortiq to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bular fan to‘garaklari, ma’naviy-ma’rifiy to‘garaklari, ijodiy hamda sport to‘garaklaridir. Ularning aksariyati 5-sonli Talabalar turar joyidagi “Student Coworking” markazida joylashgan.
Hozirda “Student Coworking” o‘quv-ilmiy ishlab chiqarish markazida quyidagi to‘garaklar faoliyat yuritmoqda:
Zakovat intellktual o‘yinlari to‘garagi
Tikuvchilik to‘garagi
Didaktik ko‘rgazmalar to‘garagi
Start-uplar markazi
Loyihalar fabrikasi
Ingliz tili to‘garagi
Kulolchilik markazi
Ushbu toʻgaraklarning barchasi hozirda oʻzining koʻp sonli iqtidorli va qiziquvchan aʼzolariga ega. Media-tur davomida Talabalar kengashi raisi S.Allanazarov qatnashchilarga yoʻlboshchilik qildi. Media-tur ishtirokchilari jarayonlarni kuzatar ekan, ushbu toʻgaraklarga aʼzosi boʻlish istagini bildirdilar.

.jpg)
.jpg)

