2022-yil 21-fevral sanasida Tabiiy fanlar fakultetining 3-kurs talabalari ishtirokida mahalla raisi bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda Urganch shahrining "Ma’rifat" MFY raisi Aminboy Xo‘jayev qatnashdi. Mazkur davra suhbati “Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi” mavzusida oʻtkazildi.
Uchrashuvda 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, uning mazmun-mohiyati, strategiyada taʼlimga va yoshlarga eʼtibor, Oʻzbekistonning kelgusi 5 yillik taraqqiyot yoʻli haqidagi maʼlumotlar talabalarga yetkazildi.

.jpg)
