Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev 2022-yil 24-fevral sanasida Tabiiy fanlar fakulteti dekani X.Polvonov hamda Xorijiy filologiya fakulteti dekani Z.Jumaniyozovlar hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-avgustdagi “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz taʼlim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘gʻrisida”gi PQ-4805-sonli Qarori asosida tashkil qilingan Yangibozor tumanining kimyo va biologiya fanlariga ixtisoslashgan 24-sonli IDUMning 5-sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi.
Rektor B.Abdullayev oʻquvchilar bilan suhbati chogʻida ularning qiziqishlari, maqsadlari haqida soʻradi. Shuningdek, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan taʼlimga eʼtibor, xususan, maktab va oliy taʼlim hamkorligining yoʻlga qoʻyilganligi, bundan buyon Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilarining bunday tashriflari koʻp boʻlishi va albatta, oʻquvchilarni keng dunyoqarashga ega, bilimli, zukko qilib tarbiyalashda va kelajakda oliy taʼlim talabasi boʻlishlarida koʻmaklashish va maktab salohiyatini yanada oshirishda maktab oʻqituvchilari bilan hamkorlikda ish olib borishlari haqida gapirdi. Shuningdek, yana qaysi fan toʻgaraklarini tashkil etish borasida ularning fikrlariga quloq soldi. Uchrashuv davomida oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Rektorning maktablarga tashrifi davom etmoqda.


