Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev 2022-yil 25-fevral sanasida Tabiiy fanlar fakulteti dekani X.Polvonov hamda Fizika-matematika fakulteti dekani J.Xoʻjamovlar hamrohligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirishga oid PQ-4805-sonli Qarori ijrosi yuzasidan Urganch tumanida joylashgan 45-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab internatiga tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida, maktabning 9-sinf kimyo va 11-sinf biologiya faniga ixtisoslashgan guruh o‘quvchilari bilan suhbatda boʻldilar.
Suhbat chogʻida ularning qiziqishlari, maqsadlari haqida soʻrashdi. Shuningdek, bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan taʼlimga eʼtibor, xususan, maktab va oliy taʼlim hamkorligining yoʻlga qoʻyilganligi va albatta, maktab oʻquvchilarni keng dunyoqarashga ega, bilimli, zukko qilib tarbiyalashda hamda kelajakda oliy taʼlim muassasalari talabasi boʻlishlarida koʻmaklashish, shuningdek, maktab salohiyatini yanada oshirishda universitet jamoasi maktab oʻqituvchilari bilan hamkorlikda ish olib borishlari haqida gapirdilar. Bu boradagi kelgusi rejalar taʼkidlandi.
Shundan soʻng, Tabiiy fanlar fakulteti dekani X.Polvonov hamda Fizika-matematika fakulteti dekani J.Xoʻjamovlar maktab oʻquvchilarga kimyo va matematika fanlaridan qiziqarli master-klass olib bordilar.


