Joriy yilning 1-6 mart kunlari Urganch davlat universiteti sport majmuasida ayollar oʻrtasida voleybol boʻyicha Oʻzbekiston Chempionatining 2-tur baxslari oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Bugun, 1-mart sanasida kun davomida mazkur Chempionatning ilk oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Buxoro, Namangan, Jizzax hamda Xorazm viloyatlarining jamoalari baxsga kirdilar.
Ushbu Chempionatga xorijlik mehmonlar ham tashrif buyurishgan. Xususan, Pokiston, Bangladesh, Maldiv orollari, Tojikiston, Qozogʻiston davlatlarining Voleybol Federatsiyasi kotiblari hamda mutasaddi xodimlari ishtirok etishmoqda.
Ayollar oʻrtasida voleybol boʻyicha Oʻzbekiston Chempionatining 2-tur baxslari 6-martga qadar davom etadi.



