2022-yil 3-mart kuni Pedagogika fakulteti Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan o‘zbek xalqining sevimli shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan "Zulfiyaxonim qizlari" ko‘rik tanlovi o’tkazildi. Tanlovda ishtirokchilar tanishtiruv, Zulfiyaxonim hayoti va ijodi yuzasidan savol-javob, bahoriy salat tayyorlash hamda erkin, ijodiy chiqish shartlari bo’yicha bellashdilar. Tanlovda talaba-qizlar o‘z bilimlarini, mahorat va isteʼdodlarini namoyon etib, munosib taqdirlandilar.


