Avval xabar berganimizdek, bugun Urganch davlat universiteti hamda Xorazm viloyati Bandlik bosh boshqarmasi hamkorligidagi boʻsh ish oʻrinlar yarmarkasi ayni daqiqalarda boshlanish arafasida.
Yarmarka Tarix fakultetining orqa tomonidagi maydonda soat 10.00 dan 17.00 gacha oʻtkazilmoqda.
Yarmarkada viloyatimizning barcha tuman (shahar)lari Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari oʻzlarining boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashmoqdalar.
Yarmarkaga universitetimizning barcha bitiruvchilari hamda ishlashni xohlovchi 1-3 kurs talabalari taklif etamiz!


.jpg)
