Bugun, 11-mart sanasida oliy taʼlim va mahalla oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida Fizika-matematika fakulteti tyutorlari hamda fakultetning Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari D.Yusupov tashabbusi bilan “Qurolli kuchlar – tinchlik va osoyishtalik posboni” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.
Unda "Ma’rifat" mahallasi MFY raisi A.Xadjiyev, Urganch shahar 1- son Oilaviy poliklinikasi ayollar shifokori S.Adamova, Urganch shahar IIB organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1- son IIB boshlig‘i, podpolkovnik Sh.Xasanov, shimoli-g‘arbiy 53008-harbiy qism boshlig‘i X.Jahonovlar mehmon boʻlib, oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib, hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Uchrashuvda fakultetning 1-kurs talabalari qatnashdilar.


