Joriy yil 11-mart sanasida UrDU rektori Baxrom Abdullayev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor Sanjar Davletov hamda Moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor A.Atajanovlar 5-son TTJga tashrif buyurdilar.
Tashrif mobaynida talabalarning yashash sharoitlari va kechki paytda nimalar bilan band bo'lishlarini kuzatdilar. Shuningdek, uchrashuv o'tkazib, talabalar bilan suhbatda bo'ldi.
Muloqotda ularni qiynayotgan muammolar bilan qiziqdilar, kamchiliklarni so'radilar. Murojaat va takliflariga quloq tutdilar.
Darsdan tashqari paytlarda, albatta, to'garaklarda ishtirok etishlarini hamda ishlashni xohlovchilar uchun sharoit yaratib berilishini ta'kidladilar.
Tashrif yakunida fakultet dekanlari, TTJlari ma’sullari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, mavjud masalalar muhokama qilindi.

.jpg)
